Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat Qo'mitasi delegatsiyasi Koreya Respublikasida malaka oshiradilar

2018-yil 21-26 yanvar kunlari O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat Qo'mitasi delegatsiyasi "O'zbekiston Respublikasi Milliy geoaxborot tizimini tashkil etish" (MGAT) loyihasi doirasida Koreya Respublikasida malaka oshiradilar.

Treningningdan ko’zlangan maqsad – O'zbekiston Respublikasining “Milliy Geografik Axborot Tizimi” ni shakllantirish, sun'iy yo'ldoshli geodeziya tarmog'ini, davlat kadastrini hamda ko'chmas mulkni ro'yxatga olishning yagona kompyuterlashtirilgan tizimini yaratishni nazarda tutib, shu asosda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish hamda Respublikaning hududlarini kompleks rivojlantirish uchun zarur axborot-resurs bazasi bilan ta'minlash hisoblanadi.

Davyergeodezkadastr qo'mitasi mutaxassislari Koreya Respublikasiga tashrifi davomida Koreyalik mutaxassislar bilan amaliy mashg'ulotlar olib borishadi va o’zaro tajriba almashishadi.

NGIS loyihasi doirasida o'tkazilayotgan treningda Davyergeodezkadastr qo’mitasining 10 nafar mutaxassislari ishtirok etmoqda.

photo_2018-01-24_09-39-42_0.jpg                     photo_2018-01-24_09-39-36_0.jpg

Foydali resurslar