Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv

2017-yilning 19-dekabr kuni Davyeregeodezkadastr qo’mitasida Tzyansu provinsiyasi "Geodeziya va geoinformatizatsiya" Byurosi Bosh direktori o’rinbosari Van Syan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida "Geodeziya va geoinformatsiya" sohasida erishilgan amaliy  tajribalar yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Xitoy delegatsiyasi kelgusida bo’lib o’tadigan loyihalarni birgalikda amalga oshirishga, shuningdek, O’zbekiston bilan Geoaxborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga umid bildirdilar.

Ma'lumot uchun: 17-dekabr kuni Tzyansu provinsiyasi "Geodeziya va geoinformatizatsiya" Byurosi Bosh direktori o’rinbosari Van Syan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi Samarqand viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga tashrif buyurdi. Mazkur bo’lib o’tgan uchrashuvda Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi hamda “Samarqand aerogeodeziya” davlat unitary korxonasidan kelgan mutaxassislar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan geoinformatsion tizimda amalga oshirilgan amaliy ishlar bo'yicha keng tushuntirishlar berib o’tildi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 795
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing