Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
Direktor: Qo`ziyev Ramazon Qo`ziyevich
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarniso ko`chasi, 3 uy.
Transport: Avtobuslar: № 10, 28, 34, 82, 92; “Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti” bekati
Telefon: 0(371) 246-09-50;
Faks: 0(371) 246-76-00
Web sayt: www.soil.uz
Elektron pochta: tuproqshunoslik@
umail.uz
Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari
Tuproqshunoslik va agrokimyo yo`nalishlaridagi eng muhim muammolarni hal etish va ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish,tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo`yicha ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish - institutning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Institut faoliyatining asosini - Yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini boshqarishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek iqlim o`zgarishlari sharoitida sug`oriladigan yerlarning degradatsiyasini oldini olishga yo`naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish bo`yicha tasdiqlangan fundamental, amaliy va innovasion Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy loyihalarni bajarish hamda tuproq unumdorligini baholash va tuproq monitoringini yuritish tashkil etadi.
Institutning asosiy vazifalari:
- o`z faoliyati yo`nalishlariga mos ravishda respublika tuproq qoplamini tadqiq etish, tuproqlar unumdorligini tiklash, saqlash va oshirishga qaratilgan muhim nazariy, amaliy, innovatsion ilmiy-tadqiqotlarni bajarish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqot natijalarini joriy qilishga taqdim etish;
- tuproqlarning genetik-geografik xossalari va evolyutsiyasi, tuproq qoplami transformasiyasi, tuproqlarni kompleks baholash va agroishlab chiqarish guruhlariga ajralish usullarini ishlab chiqish;
- qishloq xo`jaligi yerlari tuproqlarining unumdorligini oshirish, ifloslangan, eroziyaga uchragan, o`ta zichlashgan va degradatsiyaga uchragan tuproqlar meliorativ holatini yaxshilashning yangi usullarini ishlab chiqish;
- kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik jarayonlar va tuproqlarning ekologik holati o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik qonuniyatlarini aniqlash va ularni boshqarish yo`llarini ishlab chiqish;
- tuproqlarning kimyoviy, fizikaviy xossalari va oziqa rejimlarini boshqarishning samarali uslub va texnologiyalarini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish;
- sug`oriladigan va lalmi yerlarning unumdorligi va ball-bonitetini aniqlash, tuproq va tuproq-baholash kartalarini yangilash, yerdan foydalanuvchilarni tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilishga doir tavsiyalar bilan ta'minlash;
- qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar tuproqlari holatini kuzatish, o`zgarishlarni o`z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tuproq monitoringini amalga oshirish;
- ilmiy-texnik, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish loyihalarini ekspertiza qilishda qatnashish;
- ilmiy muassasalar xodimlarining kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirib borish, seminarlar va treninglarni o`tkazish, ma'ruzalar, videoroliklar va internet axborot resurslarini tashkil etish, soha mazmunidagi kitoblar, varaqalar, plakatlar, monografiya va to`plamlar chop etish;
- ilmiy yo`nalishda fan doktorlari tayyorlash, mos yo`nalishlardagi yetakchi xorijiy ilmiy muassasalar, oliy o`quv yurtlari, markazlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, belgilangan tartibda xorijiy grantlarni jalb etish, mutaxassislar, to`plangan tajribalar va axborotlar almashuvini ta'minlash;
Institutning huquq va majburiyatlari
Institutning huquqlari:
- sohaga oid ayrim ilmiy muammolarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta'lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
- ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilinadigan ilmiy xodimlarning umumiy soni, kasbiy va malakaviy tarkibini mustaqil ravishda belgilash;
- Institut oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun O`zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bajariladigan ishga (tadqiqotlarga) bog`liq bo`lgan ilmiy aloqalarni amalga oshirish, bunda chet el tashkilotlari sohaga oid ilmiy markazlari bilan aloqalarni o`rnatishda Davyergeodezkadastr bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
- qonun hujjatlariga muvofiq davlat va nodavlat tashkilotlari, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- qonun hujjatlariga muvofiq o`zining boshqa ilmiy bo`limlarini tashkil qilish, ularga asosiy va aylanma vositalarni biriktirish, iqtisodiy munosabatlar tartibini belgilash;
- Institut va uning bo`limlari o`zining asosiy faoliyatidan tashqari tadqiqot va izlanish ishlarini xo`jalik usuli asosida shartnomalar tuzish, bajarish va ilmiy-uslubiy yo`nalishdagi xizmatlar ko`rsatadi.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.
Institutning majburiyatlari:
- o`ziga tegishli barcha mol-mulk uchun;
- o`z xodimlarini mehnat shartnomalari asosida tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar va resurslar bilan ta'minlash uchun;
- o`ziga yuklatilgan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
