Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo'mitasi va Koreyaning Yer va geofazoviy ma'lumotlarini axborotlashtirish korporatsiyasi o'rtasida o'zaro anglashinuv Memorandumi imzolandi

 

Oldin xabar qilganimizdek, Koreya Respublikasi “Yer resurslari, infratuzilma va transport” vazirligi deportamenti boshlig‘i Jun Man Gyun boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi davom etmoqda. 28 noyabr kuni “Miran International Hotel” mehmonxonasida delegatsiya a’zolari “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi bilan o'zaro Anglashinuv Memorandumi imzoladilar.
Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan:
Geodeziya- kartografiya, masofadan zondlash va kadastr yo‘nalishidagi ishlarni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish;
Tuproq unumdorligini oshirish, yer resurslarini boshqarish va geofazoviy ma’lumotlar bilan ishlashning samaradorligini oshirish maqsadida xodimlarni tayyorlash, yangi tadqiqot ishlarini olib borish;
Yer maydonlari to‘g‘risida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini yaratish;
Yer va yaylov hududlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi yaratish;
Yerlarni ro‘yxatga olish va boshqarish, yaylovlarni baholash va monitoring qilishning yagona tizimini yaratish, tuproqni baholash va uning tarkibini aniqlash; 
Shuningdek, Kadastr suratga olish va kadastr chegaralarini belgilash, 3 o‘lchovli kadastr suratga olish va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan
.Memorandum Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev va Koreya Yer va geofazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish korparatsiyasi raisi Pak Myong Shik tomonidan imzolandi.

 

 photo_2017-11-29_21-04-19.jpg                     photo_2017-11-30_17-17-45.jpg

 

Foydali resurslar