Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston va Koreya hamkorlik yo‘lida

Ma’lumki joriy yilning 22-25 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Je Inning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ldi. 


Ushbu tashrif davomida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida 100 ga yaqin turli darajadagi shartnoma va memorandumlar imzolandi.


Ushbu muxim hamkorlikning davomi sifatida 27 noyabr kuni Koreya davlati “Yer resurslari, infratuzilma va transport” vazirligi deportamenti boshlig‘i Ju Man Gyun boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi. 27 noyabr kuni shahardagi “Miran international Hotel” mehmonxonasida delegatsiya a’zolarining “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi xodimlari bilan birgalikda (geopranstranstvo) yer, geofazoviy ma’lumotlar, elektron xaritalar yaratish va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish masalalariga oid hamkorlik mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni “Davergeodezkadastr”qo‘mitasi raisi A.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochdi. Seminarda Koreya davlati delegatsiya a’zolari mavzuga doir video va ko‘rgazmali ma’lumotlar bilan chiqishdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. 


Seminarda Oliy majlis senati Ekologiya, Qishloq va suv xo‘jaligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari senator B.Tojiyev va vazirlik idoralar mutaxassislari ishtirok etdi. Delegatsiya a’zolari 30 noyabrgacha Respublikamizda bo‘lib bir qator tashkilotlarda uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

 

1.jpg               44.jpg

Foydali resurslar