Agentlik
Quyidagilar Kadastr agentligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:
a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish;
b) geodeziya va kartografiya sohasida:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash;
aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlash;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini amalga oshirish;
g) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
d) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash.
