Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yer kunini nishonlash doirasida iqlim o'zgarishi sharoitida yer resurslarini boshqarishni takomillashtirishni yo'llari

 Toshkent, 2017 yil, 21 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Davlat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) BMT Taraqqiyot Dasturi, Global Ekologik Jamg‘arma bilan hamkorlikdagi «O‘zbekistonning tog‘li, yarim dasht va dasht landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlardan raqobatlashuv tarzida foydalanish natijasida tabiiy resurslardan foydalanishga bosimni kamaytirish» loyihasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik Harakati va «UzDaverloyiha» DILI va boshqa milliy hamkor tashkilot hamda idoralar vakillari bilan birgalikda iqlim o‘zgarishi sharoitida yer resurslarini barqaror boshqarish masalalariga bag‘ishlagan Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi. 

   Ushbu tadbir jahon hamjamiyati tomonidan har yili 22 aprelda nishonlanadigan Umumjahon Yer kunini nishonlashga bag‘ishlandi. Ilmiy amaliy seminar tabiiy resurs — yerdan oqilona foydalanish va uni saqlashning huquqiy, iqtisodiy va ekologik asoslariga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqishdan boshlandi. So‘ngra seminar ishtirokchilari taqdimotlarni o‘tkazdi va quyidagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalarni taqdim qilishdi: O‘zbekiston tuproqlari va ularning genezisi, tashxisi, tasnifi, evolyutsiyasi va transformatsiyasi masalalari; O‘zbekistondagi qurqoqchil yerlarni boshqarishni takomillashtirish yo‘llarini aniqlash; yaylov va lalmi yerlarning unumdorligini yaxshilash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish usullari; yer resurslari, tuproqshunoslik va agrokimyo sohalarida mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish masalalari; yer resurslaridan barqaror foydalanish va toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olishning agronomik va iqtisodiy-ekologik asoslari va boshqalar.
   Uchrashuv doirasida so‘zga chiquvchilar O‘zbekistonda yerlarning hisobini yuritish va inventarizatsiyasi bo‘yicha zamonaviy usullarni ishlab chiqish va joriy etish masalalari: tuproq yuzasini o‘rganishda raqamli tuproq xaritashunosligi, tuproq-geografik ma’lumotlar bazasi, geografik axborot tizimlari (GAT texnologiyalari) va yerlarni masofali zondlash (YeMZ) texnologiyalari; tuproqshunoslikda axborot resurslarini yaratish va takomillashtirish, ulardan yerlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, sertifikatsiyalash, raqamlash, baholash va monitoringini o‘tkazishda foydalanish; tuproqlardan oqilona foydalanish va ularni qo‘riqlash bo‘yicha innovatsion ishlanmalar va resurslarni tejovchi texnologiyalar masalalarini ham yoritdi. 
   Ushbu uchrashuv zamonaviy yerdan foydalanish, tabiiy resurslardan foydalanish, ekotizimlar va agroekolandshaftlar xizmatlariga oid dolzarb muammolarni va ularning kesishuvida kelib chiqadigan muammolar va tahdidlarni muhokama qilish imkoniyatini yaratdi. 
   Osiyoning ikkita buyuk daryolari oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston, haqiqatdan ham boy tabiiy landshaftlarga, yer osti boyliklari va resurslariga ega. Raqamlar ham shundan dalolat beradi. O‘zbekiston yer fondining umumiy maydoni 44,9 mln. gektarga teng. Hozirgi paytda O‘zbekiston yer fondining 9,7 % (4315,7 ming gektar) sug‘oriladigan dehqonchilik bilan band, 2 % ga yaqini (756,3 ming gektar) tog‘ oldi lalmikor yerlari, 47 % (21128 ming gektar) dasht va yarim dasht yaylovlari, 8 % ga yaqini (3434 ming gektar) o‘rmonzorlar.

   O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining jiddiy intensifikatsiyasi bilan birga tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishda muammolar yuzaga keladi. Yer, suv va tabiiy xilma xillik genofondi — mamlakat barqaror rivojlanishi, madaniyatimiz boyliklarni saqlash va aholining munosib turmushini ta’minlashning bosh tarkibiy qismlaridir. 

   Seminar ishtirokchilari shuni qayd qilishdiki, tabiiy resurslarni, xususan qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarni boshqarishni takomillashtirish uchun davlat tomonidan yordamlashish bilan birga tabiiy resurslardan asosiy foydalauvchilar - mahalliy aholining faol ishtiroki va samarali boshqaruv jarayoniga qo‘shilishi zarur. Shuningdek, barqaror, ekologik maqbul qishloq xo‘jaligi tamoyillariga asoslangan yerdan foydalanish tamoyillarini kelgusida ko‘rib chiqish, to‘plangan mahalliy va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

 

78.jpg79.jpg

80.jpg81.jpg

Foydali resurslar