Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Republikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi

 2011 yilning 12 oktyabrida O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Qonunining maqsadi geografik ob’ektlarga nom berish va ularni qayta nomlash, normallashtirish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qo‘llash hamda saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
     Ushbu qonunning ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik ob’ektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari xaqida”gi 295-sonli qarori qabul qilingan.
     Qarorga asosan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasida Respublika toponimika xizmati va Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha geografiya, tarix, tilshunos va toponomika sohasidagi mutaxassislardan tashkil topgan ekspertiza guruhi tashkil qilingan. 
Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida, hududlardan taqdim etilgan geografik ob’ektlar nomlari tahlil qilinib Qonun talablariga zid bo‘lgan nomlar davlat ekspertizasidan o‘tkazilib, xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyatlariga qayta nomlash va tegishli qarorlar qabul qilish uchun yuborildi.
    Hozirgi kunda Geografik ob’ektlarning nomlari davlat reyestriga jami to‘plangan ma’lumotlar soni 78 271 ta bo‘lib, shundan aholi punktlari soni 13 917 tani, aholi punktlarining tarkibiy qismlari 56 709 tani, tabiiy ob’ektlar 5 948 ta, transport va muxandislik-texnika infratuzilmasi ob’ektlari bo‘yicha 1 685 ta nom kiritilgan.
Sohadagi vazifalar izchilligini ta’minlash maqsadida vazirlik, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z faoliyatlari yo‘nalishidagi topografik va turli maxsus kartalar, sohaga tegishli hujjatlarni “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida qayta ko‘rib chiqish va ularni yangi o‘zgartirilgan nomlar bilan muvofiqlashtirish choralari ko‘rilmoqda. 

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tel: 278 98 07 El. Pochta: info @ygk.uz 

Foydali resurslar