KADASTR AGENTLIGINING FUNKSIYALARI

(Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi 66-son qarori)
Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda:
- davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri yuritilishini tashkil etadi;
- yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
- yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, toifalari, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarni shakllantiradi;
- yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobot Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
- ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalariga aniqlik kiritish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
- ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash loyihalarini ishlab chiqadi;
- yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
- yer fondidagi salbiy jarayonlarni prognozlashtirish hamda ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
- yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritadi;
- har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
- davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etadi;
- foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlashni tashkil etadi.