Geodeziya ishlari borasida amalga oshirilgan ishlar:

Yerning sun’iy yo‘ldosh tizimlariga asoslangan holda 193 ta punktlardan iborat yangi Sun’iy yo‘ldosh geodeziya tarmog‘i yaratildi.
Hozirgi kunda ushbu punktlardan 50 tasi doimiy ishlab turadigan GNSS stansiyaci sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Davlat geodeziya tarmog‘i 2 075 ta geodeziya punkti va 1 793 ta nivelir reperlari joyida saqlanganligi tekshirildi va ushbu punktlarda GPS-o‘lchov o‘lchov ishlari bajarildi.
Sun’iy yo‘ldosh differensial geodezik punktlarini davlat balandlik tarmog‘iga bog‘lash bo‘yicha 36 ta stansiyada GPS-o‘lchov ishlari, Davlat balandlik tarmog‘ini yaratish uchun 1810,7 km 1-klass va 528,0 km II-klass nivelirlash ishlari bajarildi va ular tenglashtirilib, foydalanish uchun topshirildi.