You are here

Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i


Normo’minov Bahtiyor Ashurovich
Telefon: 
+99871 202-55-91
Faks: 
+99871 273-86-61
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi

Funksional vazifalari

  • Boshqarmaning hamda Davyergeodezkadastr qo‘mitasining yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati, yer qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha ishlarini tashkil qiladi hamda muvofiqlashtiradi;
  • Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini normativ-huquqiy va tashkiliy jihatdan ta‘minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, tavsiyalar ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;
  • Boshqarma, joylardagi yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari hamda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari xodimlariga yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari hamda boshqa normativ hujjatlarni qo‘llanilishi borasida konsultativ va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
  • Yer qonunchiligining bo‘yicha  aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
  • Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar hamda yer mulkdorlarining tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash, yerlarni xo‘jalik faoliyatining negativ oqibatlaridan himoya qilish borasida manfaatdorligini ko‘tarishga qaratilgan iqtisodiy rag‘batlarntirish tadbirlarini rejalashtirishda ishtirok etadi;
  • Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi hamda ularni tashkil qiladi;
  • Buzilgan qishloq xo‘jalik yerlarni, agar tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan tiklash chorasi bo‘lmasa, konservatsiyalash bo‘yicha komissiyalar tarkibida ishtirok etadi;
  • Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha “O‘zdavyerloyiha” O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy loyihalash instituti hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy tadqiqot instituti tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlari bo‘yicha tematik rejalar borasida takliflar kiritadi hamda xulosalar beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to‘g‘risidagi har yillik Milliy hisobotning  tegishli bo‘limini tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Davyergeodezkadastr qo‘mitasi hududiy organlarining eng yaxshi ish tajribalarini umumlashtiradi va targ‘ibot qiladi,  yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha seminarlar, yig‘ilishlarga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etadi;
  • Yuridik va jismoniy shaxslarning hududiy yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlarining yer qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorlari ustidan shikoyatlari masalalari bo‘yicha arizalarini ko‘rib chiqadi;
  • Yer qonunchiligini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar loyhalarini tayorlashda ishtirok etadi;
  • Yer qonunchiligini tashviqot qilish ishlarini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni yaxshilash tadbirlarini tashkil qiladi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 581
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing