You are here

Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig'i


Mavlanov Sherali Lolayevich
Telefon: 
+99871 202-55-62
Faks: 
+99871 273-86-61
Manzil: 
O'zbekiston, Toshkent shahar, 100097, Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi

Funksional vazifalari

  • Iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya, hisobi boshqarmasi boshlig'i boshqarma faoliyatiga raxbarlik qiladi;
  • Boshqarma shtat birliklarining malakali kadrlar bilan to'ldirilishini ta'minlaydi;
  • Boshqarmada xodimlarning funktsional vazifalarini taqsimlaydi va ularning ijro etilishini nazorat qiladi hamda mehnat intizomini ta'minlaydi;
  • Boshqarma ishlarini boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq tashkil qiladi;
  • Qo’mita raxbariyatiga xodimlarni rag'batlantirish yoki ishdagi nuqsonlar va mehnat intizomini buzganlik uchun intizomiy jazo choralarini ko'rish bo'yicha takliflar kiritadi;
  • Hududiy Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, shuningdek Davyergeodezkadastr qo'mitasi tizimi bo'linmalariga moliyalashtirish ishlari va buxgalteriya xisoboti masalalari bo'yigcha umumiy raxbarlik qiladi;
  • Davyergeodezkadastr qo'mitasi markaziy apparati va uning xududiy boshqarmalarining shtat jadvallari hamda xarajatlar moddalari bo'yicha xarajatlar smetalarini ishlab chiqish ishlarini tashkil qiladi, ularni tegishli moliya organlarida kelishishni amalga oshiradi va belgilangan tartibda moliyalashtirilishini ta'minlaydi;
  • Davyergeodezkadastr qo'mitasi markaziy apparati va tuzulmaviy bo'linmalari xodimlari tarif razryadlari va koeffitsientlarining tasdiqlangan yagona tarif klassifikatorlariga muvofiqligini ta'minlaydi;
  • Tarkaziy apparatda buxgalteriya xisobi va xisobotini amaldagi qoidalarga muvofiq yuritilishini, buxgalteriya xamda statistika xisobotlarining maqsad bo'yicha tuzilishi va o'z vaqtida taqdim etilishini ta'minlaydi;
  • Tuzilmaviy bo’linmalarga xisob va xisobot ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish borasida amaliy yordam ko’rsatadi, qo'mita faoliyatining turlari bo'yicha jamlama xisobot tuzishni tashkil qiladi;
  • Qo'mita markaziy apparatida va uning tuzilmaviy bo'linmalarida asosiy fondlar xamda moddiy boyliklarning saqlanishi ustidan nazorat olib borilishini tashkil qiladi;
  • Istiqbolli loyihalarni, yillik moliyaviy rejalar va investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishiga, qo'mita qaramog'idagi korxonalarga yetkazib turilishiga raxbarlik qiladi;
  • Qo'mitaning barcha turdagi kreditlarga bo'lgan talabini, bo'linmalarni qayta jixozlash va rekonstruktsiya qilish manbalarini aniqlaydi;
  • Investitsion dasturlarga kiritilgan manzilli va ichki qurilish obektlari ro'yxatlarini ishlab chiqish xamda respublika organlarida kelishuvdan o'tkazishda ishtirok etadi;
  • Amaldagi qoidalar va Hukumat qarorlariga muvofiq uskunalarni tashkilotlar bo'yicha yetkazib berish xamda ko'rsatilgan dasturlarni ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha optimal variantlar tanlashni tashkil qiladi;
  • Davyergeodezkadastr  qo'mitasining buyurtmasi bo'yicha pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishni, bajarilgan ishlar uchun ramiylashtirilgan xujjatlarga muvofiq xisob-kitoblar olib borishni tashkil qiladi;
  • Davyergeodezkadastr qo'mitasining faoliyati bo'yicha yillik xisobot tuzishda, boshqarma vakolatlari doirasiga kiradigan masalalar bo'yicha Hukumat qarorlari, farmoyishlari va boshqa normativ xujjatlari loyixalarini ishlab chiqishda, buyruqlar, farmoyishlar, xatlar, nizomlar xamda ko'rsatmalarni tayyorlashda ishtirok etadi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 581
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing