2021 yil 1 apreldan boshlab Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk ob’ektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi PQ-4270-sonli qarori).
Tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha xususiy kadastr muhandisi faoliyatini olib borishga ruxsat berildi va faoliyat 2022 yil 31 dekabrga qadar belgilandi.
Kadastr muhandisi sifatida faoliyat olib borish uchun quyidagi talablar ko‘zda tutilgan:
Kadastr muhandisiga talabgor ushbu sohada kamida bir yil stajga ega bo‘lishi kerak.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Agar oliy ma’lumotga ega bo‘lmasa malaka oshirish kursida o‘qib sertifikatga ega bo‘lishi kerak.
Malaka oshirish kurslarini tashkil etish Kadastr Agentligi tomonidan amalga oshiriladi
Kadastr muhandisi faoliyatini amalga oshirish uchun malaka shahodatnomasiga ega bo‘lishi shart.