Ayni damda Milliy matbuot markazida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining matbuot anjumani boshlandi

Mavzu: Xususiy kadastr muhandisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartiblari, «mahallabay» muammolarni o‘rganish va bartaraf etish ishlari

Spikerlar:

Sanjar Abdurazzoqov – Davlat kadastrlari palatasi bo‘lim boshlig‘i,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi PQ-4270-sonli qaroriga asosan tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha xususiy kadastr muhandisi faoliyatini  olib borishga ruxsat berildi.

Kadastr muxandisi sifatida faoliyat olib borish uchun quydagi talablar ko‘zda tutilgan.

Kadastr muxandisiga talabgor ushbu soxada kamida bir yil stajga ega bo‘lishi kerak. Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar oliy ma’lumotga ega bo‘lmasa malaka oshirish kursida o‘qib sertifikatga ega bo‘lishi kerak. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish Kadastr Agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Kadastr muxandisi faoliyatini amalga oshirish uchun malaka shaxodatnomasiga ega bo‘lishi shart.

 

Murod Fayzullayev – Toshkent shahar kadastr palatasi boshqarmasi boshlig‘i

Egalik huquqi rasmiylashtirilmagan ko‘chmas mulk ob’ektlarining «Mahallabay» manzilli ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha Toshkent shahridagi 12 ta tuman kesimida Kadastr palatasi filiallarida bittadan mahallalar bilan ishlashga mas’ul xodim tajriba tariqasida belgilash vazifasi yuklatildi.

Mazkur kelishuv talablariga muvofiq, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman va shahar filiallariga qator vazifalar yuklatilgan.

 

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 353
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing