Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rdi

Mazkur harbiy qismda katta hajmdagi qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, barcha zamonaviy qulayliklar yaratilgan.
Oliy Bosh Qo‘mondon ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi, o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatdi.
Mutasaddilarga jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.