Surxondaryo viloyatida Yer Geoportalini tashkil etish bo‘yicha ishlar o‘z yechimini topmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar yuzasidan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 34-sonli majlis bayonining
139.2-bandida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi (konturlar kesimida) yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik Monterra elektron platformasida foydalanish uchun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan elektron almashinuv tashkil etishni ta’minlash topshirig‘i berilgan. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zdaverloyiha” DILI Surxondaryo viloyati bo‘linmasida shtab tashkil etilib, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi joriy etilgan “Monterra”(Geoportal) elektron dastur uchun viloyatning barcha tumanlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilar tasarrufidagi yer maydonlari (konturlar kesimida) dastlabki ma’lumotlar shakllantirildi va onlayn shaklda ma’lumotlar kunlik kiritilib borilishi tashkil etildi.

Yer Geoportalini tashkil etish uch bosqichda amalga oshirilayotgan bo‘lib, jumladan:

Birinchi bosqichda, viloyatning 15 ta tuman va shaharlarining yer hisoboti bo‘yicha umumiy yer maydoni 2 008 396 gektar bo‘lgan 461 ta massivda 278 141 gektar qishloq xo‘jalik yer maydonlaridagi, 5729 ta yerdan foydalanuvchi, 469553 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar va 121 102 ta kontur chegaralari tushirildi.

Ikkinchi bosqichda tuman, massiv, MFY(OFY) ma’muriy-hududiy chegaralari ArcGis elektron bazasiga tushirildi va Yer geoportaliga joylashtirildi.

Uchinchi bosqichda tuman va massivlar kesimida har bir konturni satrlarga ajratish hamda onlayn yer balansini shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri raisligida 2020-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan 08/1-2745 sonli yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2020 yil 21-apreldagi 195-05 son ”Davlat yer kadastri yuritilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini belgilangan muddatlarda amalga oshirish markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarda “Yer axborot tizimi” geoportalida onlayn yer balansini yaratish bo‘yicha 2020-yil 27-31 avgust kunlari Markaziy institut va Qibray tumanida o‘quv-amaliy kurs tashkil etildi.

Mazkur kursda tuman va massivlar kesimida yer hisobini hamda onlayn yer balansini yuritish asosini ArcGis dasturida yaratishga oid amaliy va nazariy tajribaga ega bo‘lindi.

Hozirda “Yer axborot tizimi” onlayn geoportaliga ma’lumotlarni tayyorlash, tahlillash va kiritish borasida elektron kartalari mavjud emasligi sababli viloyatning Boysun tumanidan boshqa barcha tumanlarida amaliy ishlar olib borilayotgan bo‘lib jumladan, viloyatning Qiziriq, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlari joriy tekshirish uchun “O‘zdaverloyiha” DILIga tashlab berilgan. Denov, Sho‘rchi, Sherabod, Angor tumanlarinig barcha ishlari yakunlangan bo‘lib yaxlit tuman bazasiga jamlash ishlari olib borilmoqda. Oltinsoy, Bandixon, tumanlarining yerlarni 8 toifaga ajratish ishlari yakunlangan. Uzun, Termiz, Sariosiyo tumanlarining chegara va yaylov hududlarining elektron xaritalari yo‘qligi sababli sug‘oriladigan maydonlarning yerlarni 8 toifaga ajratish ishlari to‘liq tugallangan.

Ushbu GEOPORTAL tizimi orqali xarita tuzish ishlarida inson omilini kamaytirish hamda yuqori aniqlikda ma’lumotlar olish uchun zamonaviy texnologiyalardan, ya’ni masofadan zondlash (remote sensing), Global navigatsion sun’iy yo‘ldoshlar tizimlaridan (GNSS) foydalanib, mavjud ma’lumotlarga solishtirish orqali noqonuniy egallangan maydonlarni aniqlash, navbatchi qishloq xo‘jaligi xaritalarini yuritish, har yillik hosil uchun qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlarda monitoringini olib borish, tahlil qilish va prognozlash ishlari va eng asosiysi, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish uchun asosni yaratishni avtomatlashtirishdan iborat.

Jumladan, tizimda nafaqat davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish, balki shu ma’lumotlar asosida aholiga interaktiv xizmatlar taqdim etish ham ko‘zlangan.

Aholiga interaktiv xizmat ko‘rsatish bo‘limi 5 ta moduldan iborat. Ular quyidagilar:

«Tadbirkorlar uchun»;

«Sayohat»;

«Mening yurtim - mening xaritam»;

«Interaktiv o‘quv xaritalari»;

«Kelajak xaritasi».

«Tadbirkorlar uchun» taklif qilinadigan zaxiradagi yoki vaqtinchalik hokimiyat tasarrufidagi hamda samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlari va ularning ball-boniteti, bino va inshootlar to‘g‘risida ma’lumotlar (ob’ektning xaritadagi joylashgan o‘rni, fotosurati, parametrlari va mutaxassis tomonidan berilgan taklif)ni olish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, mazkur modulda o‘zini qiziqtirgan bo‘sh yer maydonini olish va elektron auksionda ishtirok etish portaliga chiqish giperhavolasi mavjud. Bu esa tizim ishlashida shaffoflikni ta’minlab, yer uchastkasini olish bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlarning oldini oladi.

«Sayohat» moduli respublikada turizmni rivojlantirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar, muzeylar va dam olish zonalari va ular atrofiga yaqin mehmonxona, restoran, kafe va boshqa ob’ektlar to‘g‘risida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlar olish hamda marshrutni belgilashdan iborat.

«Mening yurtim - mening xaritam» aksiyasida mamlakatning har bir fuqarosi ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari bilgan joylar to‘g‘risida ma’lumot kiritishi yoki mavjud ma’lumotlarni tahrirlash imkoniga ega bo‘lishadi.

Hozirda mavjud statistik ma’lumotlardan foydalangan holda «interaktiv o‘quv xaritalari» yaratish, maktab o‘quvchisidan tortib to sohada faoliyat olib borayotgan xodim o‘zi uchun kerakli va qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni tez, aniq va qulay usulda olish imkoniga ega bo‘lishadi.

«Kelajak xaritasi» bu yaqin kelajakda O‘zbekistonning boy tarixi hamda tabiatini to‘laligicha ko‘rsatib beradigan interaktiv uch o‘lchamli animatsion xaritalar yaratish ishlariga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 07-sentabrdagi PF-6061-sonli qaroriga asosan Yer geoportali 2020 yil 01-noyabrda sinov tariqasida, 2021 yil 01-yanvardan to‘liq ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 356
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing