Davlatimiz rahbarining yoshlar forumidagi ishtiroki, so‘zlari va tashabbuslari navqiron avlodga katta motivatsiya bag‘ishlamoqda

- Buyuk ajdodlardan ibrat olib, hayotda mo‘jizalar yaratishga astoydil intilishingiz kerak, – dedi Prezident.

Keyingi yildan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etilishi, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasi ikki barobar oshirilishi aytildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida san’at, adabiyot, sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Kelgusi yili Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini yuqori saviyada nishonlash zarurligi ta’kidlandi. Poytaxtimizda zamonaviy muhtasham kutubxona barpo etish taklifi bildirildi.

2025 yilda Toshkentda o‘tadigan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlashga ko‘rsatma berildi.

Prezidentimiz forumda yoshlar bilan ochiq muloqot qilmoqda.

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 356
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing