«Yergeodezkadastr» davlat qo’mitasi o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Yerdan foydalanish soxasida


 Yerdan foydalanish soxasida:

  • Yerga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilishga yuo’naltirilgan yagona davlat siyesati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • Davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirishni ta’minlash soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muxofaza qilishni, yer resurslarini xisobga olish va baxolashni takomillashtirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar komleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • Yerlardan foydalanish va ularni muxofaza qilish, yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, maxalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan yer to’g’risidagi qonun xujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi, yo’l qo’yilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo’yicha o’z vaqtida chora-tadbirlar ko’rilishini ta’minlaydi;
  • Yer fondinig xolatini kuzatish, o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, salbiy jarayenlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida yerlar monitoringini amalga oshiradi;
  • Maxalliy davlat xokimiyati organlari bilan birgaliqda tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilish bo’yicha davlat – dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • Yer resurslarining xolati to’g’risida xar yilgi Milliy xisobotni tuzadi.

 

Yuklab olish (23 Kb/docx)

   

Share

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 759
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing