Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

«Davergeodezkadastr» davlat qo’mitasi o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi

«Davergeodezkadastr» davlat qo’mitasi o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 

a) Yerdan foydalanish soxasida:

  • Yerga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilishga yuo’naltirilgan yagona davlat siyesati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • Davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirishni ta’minlash soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muxofaza qilishni, yer resurslarini xisobga olish va baxolashni takomillashtirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar komleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • Yerlardan foydalanish va ularni muxofaza qilish, yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, maxalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan yer to’g’risidagi qonun xujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi, yo’l qo’yilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo’yicha o’z vaqtida chora-tadbirlar ko’rilishini ta’minlaydi;
  • Yer fondinig xolatini kuzatish, o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, salbiy jarayenlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida yerlar monitoringini amalga oshiradi;
  • Maxalliy davlat xokimiyati organlari bilan birgaliqda tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilish bo’yicha davlat – dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • Yer resurslarining xolati to’g’risida xar yilgi Milliy xisobotni tuzadi.

 

b) Geodeziya va kartografiya faoliyati soxasida:

  • Davlat geodeziya tarmog’ini yaratadi, rivojlantiradi va ish xolatida saqlaydi;
  • Davlat maqsadidagi xamda mahsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya haritalari va planlarini yaratadi, yangilaydi va nashr qiladi;
  • Yerni masofadan zondlashni va geodinamik tadqiqotlarni amalga oshiradi;
  • Umumjug’rofiy, siyesiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotnoma va boshqa mavzuli xaritalarni xamda tarmoqlararo maqsaddagi atlaslarni, o’kuv kartografiya qo’llanmalarini tuzadi va nashr qiladi;
  • Davlat maqsadidagi va mahsus maqsaddagi jug’rofiy axborot tizimlarini yaratadi va yuritadi;
  • O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chiziqlarini delimitasiya, demarkasiya qilishni va tekshirishni geodeziya, kartografiya va gidrografiya jixatidan ta’minlashni tashkil qiladi;
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini metrologiya jixatidan ta’minlashni tashkil qiladi;
  • Geodeziya va kartografiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;
  • Davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi;
  • Davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantiradi va yuritadi;
  • Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash to’g’risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o’tkazadi, geografik ob’ektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi, geografik ob’ektlar nomlari davlat reestrini yuritadi;
  • Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normative-texnik xujjatlarni ishlab chiqadi, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil qiladi;
  • Iqtisodiyet tarmoqlarini, fan, mudofaa va axolini geodeziya, kartografiya axborotlari bilan ta’minlaydi;
  • Geodeziya va kartografiya faoliyati lisenziyalanishini tashkil qiladi;

 

c) Davlat kadastrini yuritish soxasida:

  • Davlat boshqaruvi organlari va maxalliy davlat xokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr axborotlarini yig’ish, taxlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi;
  • Davlat yer kadastrini yuritadi;
  • Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritadi;
  • Davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritadi;
  • Jismoniy shaxslarning binolari va inshootlari inventarizasiya qiymatini belgilaydi;
  • Ilmiy-tadqiqot va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normative-texnik xujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • Viloyatlar, tumanlar va axoli punktlarining ma’muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
  • Foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta’minlaydi;

 

d) Ko’chmas mulkka xuquqlarni davlat ro’yhatidan o’tkazish soxasida:

  • Ko’chmas mulkka xuquqlarni va ko’chmas mulkka doir bitishuvlarni davlat ro’yhatidan o’tkazishni amalga oshiradi;
  • Ko’chmas mulkka xuquqlar, ularning bir xuquq egasidan ikkinchisiga o’tishi to’g’risidagi, ko’chmas mulkka xuquqlarni chegaralash va ko’chmas mulkka doir boshqa bitishuvlar to’g’risidagi ma’lumotlar bankini tashkil qiladi.

 

«Davergeodezkadastr» davlat ko’mitasi o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o’zining xududiy bo’linmalari, boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar orqali xal qiladi.

 

Yuklab olish (23 Kb/docx)

Foydali resurslar