Xizmat haqida
Qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar taqdim etish uchun elektron ariza yuborish.
Xizmatning sohaga tegishliligi
Ko`chmas mulk
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Yuridik va jismoniy shaxslar.
Tashkilot
- Davlat qo`mitalari
Bog`lanish
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent Sh., Abay ko'chasi 6
Tel.: (+998 71) 244-15-95 (Devonhona)
Faks: (+998 71) 244-05-76
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar
Yagona portaldagi ariza shaklini to`ldirish, qurilish obyekti nomi, qurilish rejalashtirilayotgan (hudud, shahar, tuman, mahalla, ko`cha), yer uchastkasi o`rni (manzili) ni ko`rsatish, shuningdek quyidagi hujjatlarning (skaner yoki rasm) shaklini yuklash:
1) loyiha hujjatlari bo`yicha ekspertiza organlarining ijobiy yig`ma ekspert xulosasi;
2) Qoraqalpog`iston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo'mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi protokolining nusxasi;
3) arxitektura va qurilish organlari bilan kelishilgan obyekt rejasi va fasadining eskizi yoki uzun obyektlar uchun - trassaning bosh rejasi (sxemasi);
4) xavfli ishlab chiqarish obyektlari bo`yicha - loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi bo`yicha ekspertizasining ijobiy xulosasi;
5) qurilish-montaj ishlarining alohida litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishda - pudrat tashkiloti litsenziyasining nusxasi;
6) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq qurilayotgan obyektlar uchun - loyihaning tasdiqlanayotgan bosqichi yuzasidan ekspertiza organlarining ijobiy yig’ma ekspert xulosasi;
7) obyektni loyihalash bilan bir vaqtning o`zida qurishda - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori;
8) qurilishni tanlov savdolari o'tkazmasdan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirishda - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining obyektlarni qurish yoki mukammal ta'mirlash masalasi bo`yicha qarori nusxasi.
9) O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va davlat byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan mukammal qurish va (yoki) mukammal ta'mirlash obyektlarining manzilli ro`yxati;
10) tanlov savdolari natijalari to`g`risidagi protokol (mavjud bo'lsa)
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
- O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi;
- O’zbekiston Respublikasi yer kodeksi;
- O’zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksi;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to'g'risida» 2012 yil 18 iyuldagi PF–4455-son Farmoni;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoni;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog’liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida» 15.04.2014 yildagi PQ-2164-son Qarori;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 25 fevraldagi 54-son Qarori;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» 2013 yil 30 maydagi 150-son Qarori;
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Yer uchastkalarini tanlash bo'yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2013 yil 4 iyundagi 154-son Qarori.
Xizmat narxi va to`lash tartibi
Yagona portal orqali qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar taqdim etishga arizani qabul qilish qiymati ko`rsatilmagan.
Shuningdek qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar taqdim etish bepul.
Davlat yig’imi miqdori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.05.2013 yildagi 150-son Qarori asosida aniqlanadi.
Xizmatni ko`rsatish muddati
1 ish kunida.
Natijani olish usullari
Hujjatlar ko'rib chiqilganligi va qayta ishlanganligihaqidagi natija Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi. Bundan tashqari tizim avtomatik tarzda arizachiga uning arizasiga javob qabul qilinganligi haqida SMS xabarnoma yuboriladi
Xizmat natijasi
Yagona portal orqali arizani ko'rib chiqish natijasi ko'rsatilgan javob xati qabul qilish
Rad etish sabablari
Davlat xizmatlari taqdim etishning rad etilishining asosiy sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
- Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va materiallar reglamenti buzilgan yoki to'liq bo'lmagan holda taqdim etilganda;
- taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma'lumotlar mavjud bo'lganda;
- taqdim etilgan hujjatlar va materiallar 4.1 punkiti shartlarini qoniqtirmagan taqdirda;
- taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni ko'rib chiqish davomida qonunchilik normalari buzilishlari aniqlanganda;
- Qonunda ko’rsatilgan boshqa taqiqlashlar.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Arizachi arizani ko'rib chiqish bo`yicha ko`rsatilgan sifatsiz xizmat, shuningdek muassasa mansabdor shaxsi harakati (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.