Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xizmat haqida

Turar joyni noturar joy toifasiga o'tkazish uchun tuman hokimi nomiga arizani onlayn tarzda berish.

Ushbu xizmat ID.UZ identifikatsiya tizimida PassportID maqomi bilan ro'yxatdan o'tgan yoki elektron raqamli imzoga ega bo'lgan ariza beruvchilar ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

 

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ko`chmas mulk

 

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy shaxslar.

 

Tashkilot

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

 

Bog`lanish

Manzil:Toshkent, 100097, Chilonzor S, Cho´ponota k. 


Tel: (998 71) 277-98-07, Faks: (998 71) 273-70-05 


E-mail: info@ygk.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

  • pasport nusxasi;
  • kvartira kadastri;
  • arxitektor xulosasi;
  • Turar joy mulkdorlari shirkati raisining protokoli;
  • oila a'zolari roziligi (notarial tartibda);
  • to`lov kvitansiyasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro'yxatdan o'tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida» qarori. №357, 2003-yil 20-avgust.

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Eng kam oylik ish haqining 1 barobari miqdorida. Qayta ta'mirlash lozim bo'lgan holatlarda arxitektor xulosasiga binoan, eng kam oylik ish haqining 1 barobaridan 10 barobarigacha bo'lgan miqdorda.

 

Xizmatni ko`rsatish muddati

15 ish kunidan 30 ish kunigacha bo'lgan vaqt mobaynida.

Natijani olish usullari

Elektron shaklda. Ariza beruvchi, o'z xohishiga binoan hokim qarorini qog'oz ko'rinishida ham olishi mumkin.

Xizmat natijasi

Hokim qarori nusxasini elektron hamda qog'oz shaklida olish yoki rad javobni olish.

Rad etish sabablari

  • Xizmat reglamentida ko'zda tutilgan hujjatlarni taqdim etmaslik;
  • Taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniy emasligi;
  • Haqoratli va qo'llanilishi qabul qilinmagan so'zlar, hamda har xil reklamalar mavjud bo'lgan arizalar;
  • Boshqa qonunga zid bo'lgan har qanday harakatlar.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Ariza beruvchi rad javobini olgan holatida o'rnatilgan tartibda istalgan yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqiga ega.

Foydali resurslar