Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Qo'mitaning 2016 yil 1 yarm yillik yakunlariga bag'ishlangan kollegiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Vazirlar Mahkamasida 2016 yil 15 iyul kuni “Joriy yilning I yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlari”ga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishda, joriy yilning I yarim yilligida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 7,8 foizga, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish hajmlari 6,8 foizga o'sganligi, xorijiy investitsiyalar hajmlari 11,8 foizga o'sganligi hamda umumiy qiymati 3,4 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo'lgan 72 ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo'yicha ishlar boshlanganligi ta'kidlab o'tildi.

Shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab olindi. Har bir vazirlik idoralar va hududlarni rivojlantirish bo'yicha berilgan aniq chora-tadbirlardan kelib chiqib joriy yilning I yarim yilligi davomida qo'mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kelgusida bajariladigan vazifalar kelishib olindi. Jumaldan: 2016 yil 1-yarim yilligida qo'mita tizimidagi tashkilotlar va xududiy boshqarmalar tomondan 8,622 mlrd. so'm davlat byudjet mablag'lari o'zlashtirildi. Xo'jalik hisobidagi “Yer tuzish va ko'chmas mulk kadastr” davlat korxonalari tomonidan xisobot davrida ko'rsatilgan xizmatlar miqdori 47,797 mlrd. so'mni tashkil qilib, bu ko'rsatkich 2015 yilda esa 42,057 mlrd. so'mni tashkil etgan o'sish darajasi o'tgan yilning I yarim yilligiga nisbatan 114 % ni tashkil qiladi.

Birinchi loyiha “Milliy geografik axborot tizimini yaratish” bo'yicha uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlash maqsadida tender savdolari orqali har biri 20 ming AQSh dollardan bo'lgan 15 ta dizel generatorlari sotib olinib joylarga etazildi. Ikkinchi loyiha “Ko'chmas mulk kadastri va uni ro'yxatdan o'tkazishning keng qamrovli avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini yaratish” bo'yicha “Jahon banki ishtirokida “Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Prezidentimizning 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2412-sonli qaroriga asosan Qo'mita zimmasiga yuklatilgan 3 (uch) ta xizmat turlari ishga tushirildi.

Respublika bo'yicha bugungi kunga qadar Jismoniy va yuridik shaxslarning 2 949 767 ta ko'chmas mulk ob'ektlari yo'qlamadan o'tkazildi. Shakillantirilgan kadastr yig'ma jildlarning 126 969 tasiga nisbatan huquqni belgilovchi tuman (shahar) hokimlarining qarorlari qabul qilindi.

            Bugungi kunda Respublika bo'yicha 3170 tadan ortiq mahalla fuqarolar yig'inlari hududida xatlov ishlari to'liq yakunlandi. 

 

11_2.jpg12_2.jpg

Foydali resurslar