Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan soxaga investitsiyalarni jalb qilish hamda axborot texnologiyalarni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan soxaga investitsiyalarni jalb qilish hamda axborot texnologiyalarni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi milliy axborot kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish to'g'risida”gi qaroriga asosan “Elektron hukumat” tizimi doirasida 12ta kompleks axborot tizimlari va 6 ta markaziy ma'lumotlar bazalari joriy etilishi belgilangan bo'lib, mazkur bazalarning 2 tasi “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasiga yuklatilgan va ushbu tizimlarni “Elektron xukumat” tizimiga to'liqligicha integratsiyalash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

1. “Milliy geografik axborot tizimi”ni yaratish bo'yicha investitsiya loyihasi Milliy geografik axborot tizimining vazifasi: - fazoviy ma'lumotlarni ko'p sonli foydalanuvchilarga tabiiy va xo'jalik resurslardan oqilona foydalanish masalalarini hal etishda samaradorlikka erishish maqsadida qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik; -iqtisodiyot va hududlarni boshqarish; -madaniy-ijtimoiy muhitni rivojlantirish uchun axboriy asos sifatida operativ taqdim etish uchun mo'ljallangan. Loyihaning umumiy qiymati 30,0 mln. AQSh dollariga teng bo'lib, bunda 15,0 mln. AQSh dollari Koreya Eksimbankining YeDSF fondi krediti mablag'lari va 15,0 mln. AQSh dollari O'zbekiston Respublikasi tomonidan kiritiladigan mablag' hisoblanadi. Hozirda loyihani amalga oshirish yuzasidan integrator kompaniyasini aniqlash bo'yicha tender savdolari yakuniga etgan va g'olib kompaniya bilan muzokaralar olib borilmoqda. Loyixani amalga oshirish muddati 2013-2017 yillarni tashkil etadi.

2. “Ko'chmas mulkni kadastr hisobiga olish va uni ro'yxatdan o'tkazishning keng qamrovli avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini yaratish” investitsiya loyihasi Loyihaning asosiy maqsadi: - Ko'chmas mulkni kadastr hisobiga olish va ro'yxatdan o'tkazish tizimini modernizatsiyalash; - Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ko'chmas mulk kadastr ma'lumotlar bazasini shakllantirish; - Elektron hukumat tizimi doirasida foydalanuvchilar bilan axborot almashinuvini yo'lga qo'yish. Loyihani 2017-2020 yillarda Jahon bankining 20 mln. AQSh dollari mablag'i va O'zbekiston hukumatining 5 mln. AQSh dollari mablag'lari hisobidan amalga oshirish belgilangan.

“Kadastr va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish” bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida joylarda er uchastkalari va bino-inshootlarni yalpi xatlovdan o'tkazish xamda tegishli kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ishlar bajarilmoqda. Ushbu xatlov ishlari natijasida respublikadagi barcha ko'chmas mulk ob'ektlarining soni, maydoni, baxosi va huquqni belgilovchi hujjatlarga asosan ularning egalari hisobga olinadi. “Elektron hukumat” markaziy ma'lumotlar bazasida “Ko'chmas mulk kadastri va ro'yxatdan o'tkazish axborot tizimini yaratish” bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Hozirda Loyihaning texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqildi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining loyixani amalga oshirish yuzasidan qarorini qabul qilish jarayonida.

“Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” PQ-1836 sonli qarori asosida “Yergeodezkadstr” davlat qo'mitasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, shu jumladan axborot tizimlari va resurslarini yaratish maqsadida “Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” tashkil qilinib, 2013 yil 20.02. №008617-08 son bilan O'zbekiston Respublikasi Aloqa, Axborotlashtirish va Telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo'mitasi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan.

   Markazi quydagi vazifalarni amalga oshiradi. Qo'mitada axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini, kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ma'lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish bo'yicha dasturlar majmuini amalga oshirish; Qo'mita, uning tizimidagi korxona va tashkilotlar xamda xududiy boshqarmalarda lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish, ularni kengaytirish va takomillashtirish, unda elektron xujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish; Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, o'quv kurslari tashkil qilish va ulardan samarali foydalanishda faol ishtirok etish;

MULOQOT UCHUN: O'zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi

Tel: +99871 273-70-05

El.pochta: info@ygk.uz

 

22.jpg23.jpg

Foydali resurslar