Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida geodeziya va kartografiya sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisining ma'ruzasi tinglandi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida geodeziya va kartografiya sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisining ma'ruzasi tinglandi.

1992 yil 16 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19-sonli qaroriga asosan, “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi” tashkil etildi. Shundan so'ng, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 31 yanvardagi 44-sonli qarori asoan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi” (“O'zgeodezkadastr”) deb yuritila boshlandi.
Soha faoliyatini tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 15 noyabrdagi PF-3502-sonli “O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida”gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-sonli “O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Mustaqillik yillarida geodeziya va kartografiya sohasida judda katta o'zgarishlar bo'ldi. Qo'l mehnati jarayonlari o'rniga zamonaviy, raqamli texnologiyalar kirib keldi. Jumladan, elektron taxeometrlar, yuqori aniqlikdagi GPS o'lchov asboblari hamda eng so'ngi rusumdagi kompyuter va dasturlar bilan to'liq ta'minlandi.
Xozirgi kunda “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasi tomonidan 200 dan ortiq turdagi kartografik mahsulotlar o'zbek va rus tillarda nashr etilmoqda. Ta'lim muassasalari uchun atlaslar va kontur xaritalar, O'zbekiston Respublikasining umumiy geografik va siyosiy-ma'muriy xaritalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning o'lkashunoslik hamda madaniy me'ros ob'ektlarining atlaslari yaratildi. Bundan tashqari, Respublikamizning diqqatga sazovor joylari, yodgorliklar va boshqa tabiatning qiziqarli ob'ektlari tasvirlangan turistik kartalari o'zbek, rus va ingliz tillarida hamda Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida “O'zbekiston Respublikasining geografik atlasi” o'zbek tilida yangi taxriri nashrdan chiqarildi.
Shu bilan bir qatorda turli masshtabdagi raqamli topografik xaritalarini yaratish, taxeometrik, er osti kommunikatsiya inshootlari s'yomka ishlari bajarilmoqda. Yerning sun'iy yo'ldosh tizimlariga asoslangan zamonaviy navigatsiya texnologiyalarini qo'llab yangi geodezik tarmoqlarni yaratish, Respublika hududi bo'ylab I va II toifali nivelirlash ishlari hamda UltraCAM-X rusumli raqamli aerokamerasi yordamida hududlarning raqamli topografik xaritalarini yaratish uchun aerofotos'yomka ishlari va O'zbekiston Respublikasi “Geografik ob'ektlarning nomlari to'g'risida”gi Qonuniga asosan geografik ob'ektlar nomlarini muvofiqlashtirish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 sentyabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora – tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2045-sonli qaroriga muvofiq bugungi kunda qo'mitamiz tizimidagi korxona va tashkilotlar tomonidan Respublikamiz xududida 50 ta doimiy faoliyat ko'rsatuvchi GPS stantsiyalari o'rnatildi, barcha viloyatlarda axborot tahlil markazlari tashkil etildi. Ularning har biriga alohida xonalar ajratildi. Belgilangan talab darajasida tamirlanib jihozlandi va telefon hamda internet tarmoqlariga ulandi. Ushbu axborot tahlil markazlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy “ENSA” rusumli dizel generatorlari o'rnatildi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishda aktual kartografik asos yaratish maqsadida, shaharlarining 1:2 000 masshtadagi raqamli topografik planlari 60 foizga, Respublika hududlarining 1:25 000 masshtabdagi raqamli topografik xaritalari 90 foizga hamda sug'oriladigan erlarning 1:10 000 masshtabdagi raqamli qishloq xo'jaligi xaritalari yaratish ishlari 96 foizga bajarildi. Respublika davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishdi kartografik ishlar amalga oshirib kelmoqda.

Manzil: 100097, Toshkent shahri, Cho'pon ota ko'chasi “S” mavze
Tel: (371) 273-70-05
Faks: 273-86-61
Mail: info@ygk.uz  

Foydali resurslar