Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi uchun musobaqa o'tkazildi

Poytaxtimizda eng ulug', eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlab vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o'rtasida mini-futbol bo'yicha O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi uchun musobaqa o'tkazildi.

     Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida sportni ommalashtirish, mehnat jamoalarida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, bu orqali xodimlar va ularning oila a'zolari salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan turnirda 24 jamoa o'zaro bahslashdi.

       Musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoasi birinchi, Oliy sud jamoasi ikkinchi, Sog'liqni saqlash vazirligi jamoasi uchinchi o'rinni egalladi. Shular qatorida “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasi “Zamin” jamoasi qatnashdi va “Eng faol jamoa” nominatsiyasiga ega bo'ldi va diplom bilan taqdirlandilar.

 

29.jpg

Foydali resurslar