Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlab “Sog'lom tanda sog' aql” shiori ostida musobaqalar o'tkaziladi

27 avgust kuni qo'mita va uning tizimidagi korxonalar xodimlari o'rtasida o'zaro mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning sport bilan shug'ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, turli sport musobaqalari orqali do'stlik va sog'lom muhitni tashkil etish maqsadida “Sog'lom Ona va bola” yili davlat dasturi doirasida hamda mutaqiligimizning 25 yilligiga bag'ishlangan “Sog'lom tanda sog' aql” shiori ostida Yunusobod sport majmuasida qo'mita raxbarlari, xodimlari va oila a'zolari ishtirokida turli sport musobaqalari o'tkaziladi.

     Tadbirda mini futbol bo'yicha "Qo'mita kubogi" o'yinlari o'tkazilib 10 ta jamoa ishtirok etdi.

     

O'yin natijalari bo'yicha Toshkent viloyat “Yermulkkadastr” davlat korxonasining “Ishonch”, Samarkand aerogedeziya korxonasining “Registon” jamosi 3-o'rinni, “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasining “Zamin” jamoasi 2-o'rinni va Toshkent shahar “Yermulkadastr” davlat korxonasining “Avangard” jamoasi faxrli 1-o'rinni egalladi va "Qo'mita kubogi" bilan taqdirlandi.

 

37.jpg

 

Shuningdek tenis bo'yicha ayollar o'rtasida 1-o'rinni Markaziy aerogeodeziya mutaxassisi Abdumuradova Bayramgul, 2-o'rin Kartografiya DIChK mutaxassisi Valieva Nataliy, va 3-o'rini Tuproq bonitirovka ShK mutaxassisi Alieva Saodatlar hamda Erkaklar o'rtasida 1- o'rinni Toshkent viloyat “Yermulkkadastr” davlat korxonasining mutaxassisi Islamov Aziz, 2-o'rinni Geoinformkadastr DUK mutaxassisi Kamalov Eldor va 3-o'rinni “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasi mutaxassisi Bekzod Inomov egallashdi.

     Eng qiziqarlisi tizimdagi xodimlarning farzandlari o'rtasida o'tkazilgan turli estafeta musoboqalarida ishtirok etgan 60 dan ortiq jaji bolajonlarning xursandchiligi hammaga maqul bo'ldi. Barcha ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 

38.jpg

 

"Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasi ma'muriyati

Foydali resurslar