Uyda qoling va ishni samarali tashkil eting!

Xozirgi kun talabidan kelib chiqib, masofadan turib ishlash va ish unumdorligini ta’minlash bo‘yicha barcha davlat va nodavlat idoralar uchun Audio konferensiya (audio selektor) tizimini Davergeodezkadastr qo‘mitasi bepul taqdim etadi.

 

 

Audio selektorga ulanish uchun foydalanuvchilarga qo‘shimcha uskuna talab etilmaydi, ularda oddiy  uy telefoni yoki mobil telefon bo‘lishi kifoya. Telefon orqali tizimda muloqot qilish mumkin.

Davlat va nodavlat idoralar uchun eslatma: Audio selektor tizimini telekommunikatsiya operatori tomonidan SIP-kanallari orqali ulash yetarli.

 Xodimning uyda qolishi korxonangiz ishiga xalaqit qilmaydi, agarda Siz ushbu tizimdan foydalansangiz.

Audio selektorning afzalliklari:

1.  Yuklab olish va foydalanish bepul;

2.  Oddiy va tushunarli boshqaruv interfeysi;

3.  100 tagacha ishtirokchilarni aloqaga qo‘shish imkoniyati;

4.  Bir vaqtning o‘zida barcha ishtirokchilar bilan muloqot qilish imkoniyati;

5.  Konferensiyada barcha ishtirokchilar bir-birlarini tinglashi mumkin;

6.  Muhim audio selektorlarni yozib olish funksiyasi mavjud.

Dasturni quyidagi havola orqali bepul yuklab olishingiz mumkin:

 

Ko’p bora beriladigan savollarga javoblar:

1. Audio selektor tizimini o'rnatish uchun biror yo'riqnoma mavjudmi ?

Ha mavjud, yo'riqnomani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

2. Audio selektor tizimini o'rnatish uchun qanday qurilmalar talab qilnadi ?

Audio selektor server yoki biror server vazifasini bajaruvchi kompyuter kerak bo’ladi.

3. Audio selektor tizimidan qanday foydalanaman ?

Audio selektordan foydalanish uchun yoriqnoma mavjud. Uni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkun.

4. Audio selektor tizimi orqali yana foydalanuvchilarni qo'shish imkoni mavjudmi ?

Tizimdagi “foydalanuvchi qo’shish (Добавить пользователь)” tugmasi orqali yangi foydalanuvchi qo’shish mumkin.

5. Audio selektor tizimida statistikalarni ko'rish imkoni bormi ?

Tizimning statistika bo’limida barcha tashkillashtirilgan audio selektorlarni grafik hamda jadval ko'rnishida statistikasini ko'rish imkoni mavjud.

 

Dasturni o‘rnatish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni mutaxassisimiz bilan (info@geoinfocom.uz) bog‘langan holda olishingiz mumkin.

MillionCodersUNG.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 519
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing