Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

“YERGEODEZKADASTR” davlat qo'mitasi tomonidan matbuot anjumani o'tlaziladi

2016 yil 9 iyun kuni “YERGEODEZKADASTR” davlat qo'mitasi tomonidan “Yer resusrslaridan oqilona foydalanish, yer tuzish va yer monitoringini tashkil etish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish, sho'rlanishni kamaytirish bo'yicha yagona davlat siyosati” mavzusida matbuot anjumani o'tlaziladi.

 

“YERGEODEZKADASTR” davlat qo'mitasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2015 va 2016 yilning o'tgan davrida Respublikamizda yerlardan oqilona foydalanishni tashkil etish, yer tuzish va yer monitoringini yuritish, tuproq unumdorligini oshirish va saqlash, sho'rlanishni kamaytirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mavjud yerlarimizdan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, hisobot davrida 21,7 ming ta yerdan foydalanuvchilar bilan joyga chiqqan holda tushuntirishlar, 39,5 mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirokida 808 marta seminarlar va 343 marotaba ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilindi.

Qo‘mita tomonidan 176 marta ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilib, ularda tadbirkorlik sub’ektlari vakillariga 207 turdagi 12,2 mingdan ortiq nusxada qo‘llanmalar tarqatildi, 9,8 ming nafar tadbirkorlar ishtirokida jami 1649 marotaba "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilib, yuridik va jismoniy jaxslardan qabul qilingan 2352 ta muammoli masalalar hal etilishi ta’minlanib, tizimda tashkil etilgan "Ishonch telefonlari" orqali tadbirkorlik sub’ektlaridan qelib tushgan 1371 ta masalalar yuzasidan ma’lumot va maslahatlar berildi.

“YERGEODEZKADASTR” davlat qo‘mitasi tomonidan Er monitoringi yuritish, er qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularni kelgusida sodir etilishini oldini olish bo‘yicha quyi tizimlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar belgilanib, 2015 yil va 2016 yilni o‘tgan davrida davomida monitoring va o‘rganishlar natijasida 5792 ta holatda 7730 gektar maydonlarda turli er qonun buzilish holatlari aniqlanib, shundan 2113 ta holat bo‘yicha prokuratura organlariga, 469 ta holat bo‘yicha sud idoralariga, 1226 ta holatda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma’lumotlar va taqdimnomalar kiritildi va aniqlangan er qonun buzilish holatlari bartaraf etilishi ta’minlandi.

1286 ta holatdagi 2488 gektar yer maydonlarida sodir etilgan qonun buzilishlarga nisbatan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilib, 446 holatda tegishli ma’muriy jazolar qo‘llanildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi 362-sonli “Fermer xo‘jaliklari yer maydonlari hajmlarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan maqbullashtirish yakunlariga ko‘ra, 35 083 ta yer maydonlari o‘zgargan va yangidan tashkil kilingan fermer xo‘jaliklarini “Yer uchastkasini o‘zoq muddatli ijaraga olish shartnomasi” rasmiylashtirilib, fermer xo‘jaliklarini yer kadastri xujjatlari yig‘ma jildlari shakllantirildi.

Joriy yil 1 aprel holatiga Respublikamizdagi 101454 ta fermer xo‘jaliklari yer maydonlari maqbullashtirilib, joriy yil 25 may holatiga 160 372 ta fermer xo‘jaliklarini tashkil etdi.

Bugungi kunda ushbu fermer xo‘jaliklarini “Yer uchastkasini o‘zoq muddatli ijaraga olish shartnomasi” rasmiylashtirilib, fermer xo‘jaliklarini yer kadastri xo‘jjatlari yig‘ma jildlari shakllantirish ishlari yakuniga etkazilmoqda.

Mavjud sug‘oriladigan erlardan unumli foydalanish, ularning tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish, ularni himoya qilish xamda maqsadli foydalanishni ta’minlash bugungi kunni dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bu borada Muhtaram Prezidentimizning 2013 yil 9 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958-sonli qarori va ushbu qaror ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 24 fevraldagi 39-sonli qarori asosida “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan Respublikamiz xududlaridagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi erlarida tadqiqotlar o‘tkazilib, sho‘rlangan tuproqlarni xaritalarga tushirish ishlari olib borilmoqda.

Sho‘rlangan erlarni xaritalashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Tuproq sho‘rlanishi kartogrammalarini tuzish” ishlarini o‘tkazish grafigi, “Sho‘rlangan yerlarni hisobga olish va sho‘r yuvish me’yorlarini aniqlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma”lar ishlab chiqilib, tegishli vazirliklar bilan kelishildi va shu asosda xaritalashtirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

O‘tgan 2014-2015 yillar davomida Respublikaning bir qancha viloyatlar tumanlarida tuproq sho‘ranish xaritogrammalari tayyorlanib, joylarga ishlab chiqirishda foydalanish uchun taqdim qilindi.

Jumladan: Sirdaryo viloyatining barcha tumalaridagi 266,9 ming gektar, Jizzax viloyatining barcha tumanlaridagi 210,9 ming gektar, Qashqadaryo viloyatining Koson, Qamashi va Qarshi tumanlaridagi 137,1 ming gektar Navoiy viloyati tumanlaridagi 96,8 ming gektar, Shuningdek, Xorazm viloyati tumanlaridagi 217,2 ming gektar sug‘oriladigan qishloq ho‘jalik er maydonlarida ham dala tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sho‘rlanishni oldini olish, tuproq-meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligi va mahsuldoriligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar fermer xo‘jaliklari rahbarlariga taqdim etilmoqda.

 

“Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi axborot-tahlil bo‘limi

Foydali resurslar